26/12/2024

Hammamizga ma’lum mamlakatimiz hududlarida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 26-dekabr kuni Qo‘qon shahar statistika bo‘limi mutaxassislari shahardagi “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari bilan hamkorlikda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qanday olib borilayotganligi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi raqamlanmagan xonadonlarga kirib, xonadon egalariga uylarni raqamlashtirish bo‘yicha hamda nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati yuzasidan ko‘cha boshilarga tushuntirish ishlari olib borildi.