06/01/2025

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqamlashtirish va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 6-yanvar kuni Bag‘dod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Mahmudjonov tomonidan bag‘dod tumaniga qarashli “Maylaboy” mahalla fuqarolar yig‘inida yuqoridagi ishlar amalga oshirildi.