Joriy yilning 7- yanvar kuni Rishton tumanining “Dadbex” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I o‘rinbosari Sh.Zokirov hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan seminar uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyatiga bag‘ishlandi. Tadbirda uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirish barobarida, mazkur kuzatuvlarning aholi turmush darajasini o‘rganishda muhim ma’lumot manbai sifatida xizmat qilishi haqida tushuncha berib o‘tildi.
Axborot xizmati.