Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminar uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyatiga bag‘ishlandi. Jumladan, navbatdagi seminar joriy yilning 7- yanvar kuni Farg‘ona shahridagi “Mash’al” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi M.To‘htamatov ishtirok etib, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirish barobarida, mazkur kuzatuvlarning aholi turmush darajasini o‘rganishda muhim ma’lumot manbai sifatida xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.