Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqamlashtirish va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 9-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov tomonidan Furqat tumaniga qarashli “Tomosha” mahalla fuqarolar yig‘inida yuqoridagi ishlar amalga oshirildi.