“Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi tomonidan joylarda tashkil etilayotgan seminarlarda uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyati mavzusiga bag‘ishlangan. Chunonchi, joriy yilning 10- yanvar kuni “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan O‘zbekiston tumanining “Shakarobod” MFY faollari ishtirokida uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirish barobarida, mazkur kuzatuvlarning aholi turmush darajasini o‘rganishda muhim ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qilishi haqida tushuncha berib o‘tildi.