16/01/2025

Joriy yilning 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi. Tadbirda Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Zulxumor Talipova hamda hududiy statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, vebinarda xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qarorini mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.