17/01/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining shahar va tuman statistika organlari tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 16-yanvar kuni Toshloq tumani statistika bo‘limi bosh mutaassissi A.Tursunboyev tomonidan tumandagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.