13/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oltiariq tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 714,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 % ni tashkil etdi.

 Shundan:

 Don —45,4 ming tonna

 Kartoshka — 7,6 ming tonna

 Sabzavotlar — 40,7 ming tonna

 Poliz ekinlari — 14,6 ming tonna

 Meva va rezavorlar — 19,3 ming tonna

 Uzum — 26,1 ming tonna

 Go‘sht (tirik vaznda) — 5,4 ming tonna

 Sog‘ib olingan sut — 22,3 ming tonna

 Tuxum — 13,3 mln dona

 Yirik shoxli qoramollar —64,8 ming bosh

 Qo‘y va echkilar — 40,7 ming bosh

 Parrandalar — 310,4 ming bosh.