Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Quvasoy shahrida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘sish qayd etildi.
2026-yil 1-iyul holatiga shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 530 tani tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 trln 80,8 mlrd so‘m bo‘lib, fizik hajm indeksi 110,8 % ga yetdi.
Xizmatlar sohasida bozor xizmatlari hajmi 691,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 120,8 % bo‘ldi.
Chakana savdo aylanmasi 107,7 %, ulgurji savdo aylanmasi esa 88,1 % ni tashkil etdi.
Shaharda 95 ta qurilish tashkiloti tomonidan 491,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 119,5 % ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi esa 1 trln 723,1 mlrd so‘mga yetdi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 1 trln 561,4 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirildi.
Quvasoy shahrining doimiy aholisi 105 586 kishini tashkil etdi. Shundan 59 055 nafari shahar, 46 531 nafari qishloq aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida shaharda 982 ta tug‘ilish, 237 ta vafot etish, 204 ta nikoh va 78 ta nikohdan ajralish qayd etildi. Doimiy yashash maqsadida 313 kishi shaharga ko‘chib kelgan, 304 kishi esa ko‘chib ketgan.




