Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2026-yil yanvar–iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati bo‘yicha o‘tkazgan tanlanma kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining joriy iqtisodiy holatga bergan baholarida ijobiy kayfiyat ustunlik qilmoqda.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, korxonalarning 19,2 foizi o‘zining joriy iqtisodiy holatini “a’lo” deb baholagan.
57,7 foiz korxona iqtisodiy vaziyatini “yaxshi” deb hisoblagan.
19,8 foiz tadbirkorlik subyekti o‘z iqtisodiy holatini “o‘rtacha” deb baholagan.
Atigi 3,3 foiz korxona joriy iqtisodiy vaziyatini “yomon” deb baholagan.
Umuman olganda, tanlanma kuzatuv natijalari kichik korxona va mikrofirmalarning aksariyati joriy iqtisodiy holatini ijobiy baholayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, korxonalarning 76,9 foizi o‘z faoliyatidagi iqtisodiy vaziyatni “a’lo” yoki “yaxshi” deb baholagan.




