Joriy yilning 17-yanvar kuni barcha joylardagi kabi Furqat tumaniga qarashli 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminrda Furqat tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Sh. Abdubannonov qatnashib, u xususan o‘z so‘zida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda axolini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarni qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish haqida kehg va atroflicha tushunchat berdi.
Axborot xizmati