Sanoat – iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 16,4 foiz ulushini tashkil etdi. 2025-yilning 1-yanvar holatiga sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 5 615 taga yetdi. Shundan – 94,1 foizini ishlab chiqarish sanoati, 2,8 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 2,0 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash va 1,1 foizini suvbilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tashkil etgan.