20/01/2025

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ichki ishlar xizmatini yaxshilash, favqulotda vaziyatlar holatida ishlarni tashkil etishda manzillarni tez va to‘g‘ri topib borishda uylarni raqamlanganligi va ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi alohida o‘rin tutadi. Shu bois Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xususan, joriy yilning 17-yanvar kuni Qo‘shtepa tumaniga qarashli “Qumtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.