20/01/2025

2025-yilning 1-yanvar holatiga savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 641 taga yetdi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,6 foizi yoki 11 594 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.

Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishida - 6792 tani
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida - 3868 tani
- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida - 981 tani tashkil etdi.