Hammamizga ma’lum mamlakatimiz hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Quvasoy shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Q.Sodiqov tomonidan shahardagi “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari bilan hamkorlikda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qanday olib borilayotganligi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi raqamlanmagan xonadonlarga kirib, xonadon egalariga uylarni raqamlashtirish bo‘yicha hamda nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati yuzasidan ko‘cha boshilarga tushuntirish ishlari olib borildi.