20/01/2025

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2025-yil 1- yanvar holatiga 1 850 taga yetib, ularning 1 843 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.

Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:
Mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2025- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 6,4 foiz ulushini tashkil etdi;
Restoran va buyurtma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 93,6 foiz ulushini tashkil etdi.