Joriy yilning 17-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-1017-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri O’zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashish hisoblanishi, Vazirlar Mahkamasi kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlashi, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi, Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanishi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etishi, yerni masofadan zondlash, kosmik monitoring, davlat kosmik monitoring, kosmik aloqa tizimi, yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi, kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kirishi haqida atroflicha tushuncha berildi. Bundan tashqari kun tartibidagi ikkinchi masala 2024 yil 6 dekabrda kuchga kirgan «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega kanligi, uning qabul qilinishi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashi, shuningdek, korrupsiya kabi salbiy holatlarni bartaraf etishda sezilarni o‘rin egallashi, mazkur qonun manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, unga oid munosabatlarni aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvi haqida axborotni oshkor qilish va uni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashi, shuningdek, qonun davlat tashkilotlaridagi xodimlarning huquq va majburiyatlarini aniq tartibga sollishi shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyini shaxsiy manfaatlari maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi yo‘lidagi xatti-harakatlarining bir qismini bartaraf etishi, davlat budjetining (xalq mablag‘i) noqonuniy o‘zlashtirilishining oldini olishi, davlat tashkilotlarida mehnat munosabatlari va davlat xaridlarining ochiqligini va shaffofligini ta’minlashi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.