21/01/2025

 Joriy yilning 21-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi   Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2025-yil 7-yanvardagi 01/2-07-11-2- sonli xatining ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administatsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining media rejasiga asosan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan mikrofirm va kichik korxonalar rahbarlari va hisobchilari ishtirokida “1-kb shakli yillik statistika hisobotini eStat-4.0 dasturi orqali topshirish. Muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i B.Sidiqov va boshqa tarmoq bo‘lim mutaxassislari qatnashdilar. Tadbir davomida 2024- yil yakunlari bo‘yicha 1-kb shakli (yillik) “mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi statistika hisobotining qamrovini to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida topshirish, shuningdek korxonaning asosiy va umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari, jismoniy shaxslarga to‘lovlar, tovar moddiy zaxiralar, asosiy vositalar va boshqa aktivlar, asosiy vositalar harakati, energoresurslar sarfi, investitsiya faoliyati va hisobotning boshqa 8 bo‘lim, 26 bobining barcha satrlari bo‘yicha keng tushuncha berildi va statistik ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri, shaffof va haqoniy taqdim etishlari haqida kelishib olindi.

Axborot xizmati.