21/01/2025

Joriy yilning 21-yanvar  kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi mutaxassisilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari qanday ketayotganligi bilan tanishdilar. Mahalla faollari yordamida ko‘chalar nomi belgilari ilinganligi va uylarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng,  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limining bosh mutaxassisi B.Ahadjonov tomonidan mahalla faollariga aholini ro‘yxatga olishning mazmun va mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berildi. Chunonchi,  u aholini ro‘yxatga olish tadbiridan olinadigan natijalar asosida aholining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, migrasiya holati, mehnat resurslari va boshqa shu kabi ma’lumotlar kelajakda manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asosiy manbaa sifatida xizmat qilishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.

 

 

 

Axborot xizmati.