2025- yil 1- yanvar holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan. Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi Farg‘ona shahrida – 890 ta, Marg‘ilon shaharida – 348 ta va Farg‘ona tumanida – 346 ta qayd etilgan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar savdo sohasida – 2 280 ta, sanoat – 896 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida– 455 ta va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 287 ta taqsimlangan.