23/01/2025

O‘zbekiston tumanining barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bu borada tuman statistika bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari bilan hamkorlikda belgilangan reja asosida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 Joriy yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi J.Madrahimov “O‘qchi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganishdi. Natijada raqamlangan va raqamlanmagan uylar, ko‘cha nomlari belgilarining mavjudligi, mahalladagi noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.