23/01/2025

O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning chuqur o‘ylangan strategiyasi izchil amalga oshirilmoqda. Davlatimiz iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarining muhim tarkibiy qismlaridan biri meva-sabzavot yetishtirishga qaratilgan. Bunday yondashuv aholi ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash, ularning salomatligini saqlash va bandlik shart-sharoitlarini yaratishda asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi. 2025- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaligi soni 10 678 tani tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining salmoqli qismi:
Rishton t -11,5 foiz
O‘zbekiston t - 10,6 foiz
Quva t - 9,1 foiziga to‘g‘ri kelgan.