Joriy yilning 23-yanvar kuni barcha joylardagi kabi Quva tumaniga kasb-hunar maktabining pedagog va xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova hamda Quva tumsni statistika bo‘limi boshlig‘i V.Mirzayevlar qatnashib, 2026-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berdi. Xususan u aholini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda axolini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish varaqalarini chop etish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarini qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish va tarqatish ishlari amalga oshirilishi haqida kehg ma’lumot berdi.