Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar –korxonaning ustav jamg‘armasida norezidentlar, chet el yuridik shaxslari (chet el firmalarining filial va bo‘linmalari), chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mulki ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi. Mamlakatimizda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan jadal ishlar natijasida, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning soni sezilarli darajada oshib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. 2024-yil yanvar-dekabr oylarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 124,8 foizni tashkil etdi.