23/01/2025

Joriy yilning 23-yanvar kuni Quvasoy shahridagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagog-xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda Quvasoy shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Q.Sodiqov qatnashib, u xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni aholining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari hamda aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishi, migrasiya holati, mehnat resurslari kabi ma’lumotlar to‘plami kelajakda manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asosiy manbaa sifatida xizmat qilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.