2024-yilning yanvar-dekabr oylarida 22 383,5 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 70,2 %i yoki 15 717,9 mlrd so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 29,8 % yoki 6665,6 mlrd so‘m moliyalashtirildi. Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2023-yildagi ulushiga nibatan 4,6 % punktga kamaydi, 10,1 % ni yoki 2260,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mosravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 20 122,8 mlrd so‘m yoki jami investitsiyalarning 89,9 %i o‘zlashtirilib, 2023-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,6 % punktga ko‘paydi.