2024-yil yanvar-dekabr natijalariga koʻra MDH mamlakatlaridan import ulushi 36,7 % ni tashkil etdi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,1 % ga kamaydi. Hisobot davrida Farg‘ona viloyati 67 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (XXR, Rossiya, Qozogʻiston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkiya, Italiya va Hindiston) jami importning 89,2 % ulushini tashkil etdi.