Joriy yilning 27- yanvar kuni Qo‘qon shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida "Aholini roʻyxatga olishning maqsad va ahamiyati" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Qo‘qon shahar statistika boʻlimi boshlig‘I N.Hamedov qatnashib, roʻyxatga olish jarayoni jamiyatning rivojlanishida qanday oʻrin tutishi, har bir insonning roʻyxatga olishdagi ishtiroki qanchalik muhim ekanligi va ushbu jarayonda barcha faol ishtirok etish kerakli ta’kidlandi. Shuningdek, aholini roʻyxatga olish natijalari har bir fuqaroning farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni rejalashtirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi.