2024-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yetishtirilgan kartoshka 386,4 ming tonnani, yoki 2023-yilningmos davri bilansolishtirganda 103,7 % ni tashkil etdi. Kartoshka yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qo‘shtepa tumani (9,2%) hissasiga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, Quva (8,8 %), Bag‘dod (7,8 %), Oltiariq (7,2 %) va O‘zbekiston (7,0 %) tumanlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.