12/02/2025

2025-yilning 11-fevral kuni Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisli M.Sheraliyeva tomonidan shaharga qarashli, “Yuksalish” MFY, “Namuna” kochasi 29- uyida istiqomat qiluvchi M. Bobokolonova xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.