2024-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklarda yetishtirilgan poliz ekinlari 191,0 ming tonnani tashkil etdi. Poliz ekinlari yetishtirish umumiy hajmining eng katta ulushi Qo‘shtepa tumani (13,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan bir qatorda, Oltiariq (12,5 %), Beshariq (11,5 %) Rishton (11,3 %) tumanlarida yuqori koʻrsatkichlar qayd etildi.