Mamalakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 17- fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Yozyovon tumani bo‘limi boshlig‘i A.Arapov tomonidan Yozyovon tumani “Soy yoni” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi sonini hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.