Qo‘qon shahrining barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bu borada tuman statistika bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari bilan hamkorlikda belgilangan reja asosida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 19-fevral kuni Qo‘qon shahar statistika bo‘limi boshlig‘I N.Hamedov “Ashiqul mergan” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Natijada raqamlangan va raqamlanmagan uylar, ko‘cha nomlari belgilarining mavjudligi, mahalladagi noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.