2025- yil yanvar oyida viloyatda yangi tashkil etilgan korxonava tashkilotlar soni 751 tani tashkil etdi. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Jumladan: Bag‘dod tumani (29 taga), Beshariq tumani (27 taga) va Yozyovon tumani (23 taga) o‘sish mavjud. Tarmoqlar kesimida esa eng yuqori ko‘rsatkichni sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish– 207 taga ko‘paygani bilan izohlash mumkin.