2025- yil yanvar oyi yakuni bo‘yicha 18,9 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 45,5 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 17,1 % ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida ip kalava (57,3 %), tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (13,9 %) asosiy ulushni egallagan. 2025- yilning yanvar oyida to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 17 ta davlatiga eksport qilindi.