O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 8-bandiga muvofiq, 2025-yil 25-mart kuni respublikamizda “Yer vaqti (kuni)” nishonlanishi belgilangan. Mazkur kun munosabati bilan, 26-mart kuni “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasi tashkil etiladi. Shu kuni barcha darajadagi vazirlik va idoralar, tashkilot va korxonalarning bino va inshootlarida bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzgan holda, rahbar va xodimlar, bir soat muddatga ko‘chaga chiqib, sayr qilishlari mumkin.