Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2025-yil yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 400,9 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 7,0 %ini) tashkil etadi. 2025-yilning yanvar-fevral oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,1 mlrd so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.