14/04/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylari holatiga Quva tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 3,0 trln so‘m miqdorida qayd etilgan.

Yillar kesimida tahlil qilinganda:
2019-yil – 1,3 trln so‘m
2020-yil – 1,4 trln so‘m
2021-yil – 1,9 trln so‘m
2022-yil – 2,3 trln so‘m
2023-yil – 2,6 trln so‘mga to‘g‘ri keldi.