16/04/2025

Farg‘ona viloyati aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, viloyat statistika boshqarmasi tomonidan har oyda uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Xususan, joriy yilning 16-aprel kuni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi N. Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Marg‘ilon shahridagi “Zuxro” MFYda istiqomat qiluvchi M.Rahimovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash va boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanilanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuntirildi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.