Joriy yilning 16-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida Favqulotda vaziyatlarni oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni munosabati bilan targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirda Farg‘ona shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi profilaktika va nazorat bo‘linmasi inspektori katta leytenanti S.Abbozov qatnashib, xodimlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish, ish vaqti tugaganidan so‘ng barcha xonalardagi elektr jihozlarni elektr manbaidan uzub qo‘yish, xonalar va yo‘laklardagi mavjud zaxira chiqish yo‘llari va eshiklari har hil buyumlar bilan to‘sib qo‘yilishi hamda chiqish eshiklarini berkitib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslik, nosozligi bo‘lgan elektr jihozlaridan foydalanmaslik, obyekt hududidagi yong‘in o‘chirish qalqonlari meyorlariga muvofiq yong‘in o‘chirish anjomlari bo‘lishini ta’minlash shu va boshqa talab va qoidalar bilan tadbir ishtirokchilarni tanishtirdi.