17/04/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-dekabr oylari holatiga Marg‘ilon shahri bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 582,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan.

Yillar kesimida tahlil qilinganda:

2019- yil – 260,7 mlrd so‘m

2020- yil – 299,1 mlrd so‘m

2021- yil – 372,7 mlrd so‘m

2022- yil – 410,5 mlrd so‘m

2023- yil – 502,3 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.