18/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlarida respublika bo‘yicha 198 089 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

 Mazkur tug‘ilgan bolalarning ota-onasining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

 Otasining yoshi:

– 25 yoshgacha - 9,6 %;

– 25-39 yoshdagilar – 82,7 %;

– 40 yosh va undan kattalar – 7,7 %;


 Onasining yoshi:

– 25 yoshgacha - 37,1 %;

– 25-39 yoshdagilar – 61,5 %;

– 40 yosh va undan kattalar – 1,4 %.