18/04/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Yozyovon tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1820 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1236 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 125 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 107 ta

Sanoatda – 193 ta

Qurilishda -84 ta

Savdoda – 480 ta

Tashish va saqlashda – 22 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 39 ta

Axborot va aloqa – 4 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 37 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 270 taga to‘g‘ri keldi.