18/04/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Furqat tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1750 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 955 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 62 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 46 ta

Sanoatda – 161 ta

Qurilishda - 44 ta

Savdoda – 351 ta

Tashish va saqlashda – 20 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 44 ta

Axborot va aloqa – 4 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 43 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 242 taga to‘g‘ri keldi.