Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga O‘zbekiston tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2987 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1598 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 92 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 53 ta
Sanoatda – 351 ta
Qurilishda -43 a
Savdoda – 519 ta
Tashish va saqlashda – 52 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 83 ta
Axborot va aloqa – 14 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 64 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 419 taga to‘g‘ri keldi.