Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 4 442,7 mlrd so‘m miqdorida qayd etilib, bu ko‘rsatkich 2024- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur'ati 104,3 % ni tashkil etdi.
Shundan:
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar - 4 309,8 mlrd so‘m
O‘rmon xo‘jaligi – 116,0 mlrd so‘m
Baliqchilik xo‘jaligi – 16,9 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.