Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda. Amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari natijasida ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 3,4 trln so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 53,4 % i o‘zlashtirildi.