Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi berganma'lumotiga ko‘ra, yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-mart oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 711,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 192,2 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 7,9 % ga ko‘payib, 20,3 % ni tashkil etdi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 46,4 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 110,2 % ni tashkil etgan holda 1 627,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 33,3 % ni yoki 1 165,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni tashkil etdi.