25/04/2025

Farg‘ona viloyati aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan har oyda uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o`tkaziladi. Xususan, joriy yilning 24-aprel kuni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi R.Vahobov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Uchko‘prik tumanidagi “Beshkapa” MFYda istiqomat qiluvchi N.Dehqonovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash, milliy hisoblar tizimida uy xo‘jaliklari sektori hisoblarini tuzish va boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanilanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuntirildi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.